O‘zbekiston | 09:32 / 30.11.2018
11888
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston yana bir konvensiyaga qo‘shildi

Foto: senat.uz

Oliy Majlis Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi parlamenti delegatsiyasi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga (MDH) a'zo davlatlarning Parlamentlararo assambleyasi Kengashi taklifiga binoan Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan MDH Parlamentlararo assambleyasining 48-majlisi ishida ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabariga ko‘ra, MDH Parlamentlararo assambleyasining 48-yalpi majlisi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi N.Yo‘ldoshev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Parlamentlararo assambleyasi to‘g‘risidagi Konventsiyasini imzoladi.

Senat raisi MDH Parlamentlararo assambleyasi majlisi ishtirokchilari oldida so‘zlagan nutqida ta'kidlaganidek, O‘zbekistonda MDH doirasidagi jarayonlar rivojlanishini, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi organlari faoliyatini, shu jumladan yangi tarixiy shart-sharoitlarda ishtirokchi davlatlar o‘rtasida parlamentlararo hamkorlikka faol va samarali ko‘maklashayotgan MDH Parlamentlararo assambleyasi faoliyatini diqqat bilan kuzatib bormoqda. 

MDH Parlamentlararo assambleyasi jahon parlamentarizmi tizimida munosib o‘rin egallagani qayd etildi. Parlamentlararo assambleyaning muvaffaqiyatli faoliyatini ta'minlashda Rossiya Federatsiyasi muhim hissa qo‘shayotganiga alohida urg‘u berildi.

O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi a'zolari joriy yil 30 noyabrda bo‘lib o‘tadigan va urush vaqtida ayrim portlatuvchi o‘q-dorilarni qo‘llashni taqiqlash to‘g‘risidagi Sankt-Peterburg deklaratsiyasining 150 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya ishida ham ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nig‘matilla Yo‘ldoshev Rossiyaga safar qilishi xabar berilgandi.

Mavzuga oid