Toshkentning qoq markazida harbiy-jangovar qurollar namoyishi bo‘lib o‘tdi
Toshkentning “Bunyodkor” stadioni yonidagi maydonda ilk bor yoshlar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik festival-aksiyasi o‘tkazildi. Vatan himoyachilari va O‘zbekiston Qurolli kuchlari tashkil topganining 26 yilligi munosabati bilan “Milliy armiyamiz-yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir” shiori ostida tashkil etilgan tadbirda 6 mingga yaqin yoshlar va maktab o‘quvchilari, shahar aholisi va mehmonlari ishtirok etdi.
Unda tashrif buyurganlar 20 dan ortiq turli texnikalar, shu jumladan zirxli transport vositalari, tank va artilleriya qurollari, boshqa turdagi qurol-yarog‘lar va harbiy aloqa vositalarini tomosha qilish, ularning tavsiflaridan boxabar bo‘lishlari mumkin bo‘ldi.
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Toshkent harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi tomonidan tashkil etilgan festivalda 300 dan ortiq harbiylar o‘z chiqishlari bilan tomoshabinlarda katta taassurot uyg‘otdi.
Ta'kidlash joizki, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 7 dekabrida imzolagan “Qurolli Kuchlarimiz tashkil topganining 26 yilligi va Vatan himoyachilari kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni nishonlash to‘g‘risida”gi farmoyishi asosida respublika bo‘ylab “Milliy armiyamiz-yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir” shiori ostida keng jamoatchilik va yoshlar ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy, madaniy tadbirlar, jangovar texnika va qurollar namoyishini tashkil etish belgilangan edi.
Festival-aksiyada zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnika ko‘rgazmasi, harbiy ta'minot masalalari, harbiy xizmatchilarning qurol bilan safda yurish, qo‘l jangi elementlari bilan chiqishlari ham tomoshabinlarning katta qiziqishini uyg‘otdi.
Mavzuga oid
12:50 / 17.09.2024
RF Tergov qo‘mitasi Mudofaa vazirligi mansabdorlariga qarshi yangi ish ochdi
13:46 / 10.09.2024
Mudofaa vazirligi qo‘shinlariga kontrakt bo‘yicha xizmatga saralash tartibi o‘zgardi
08:00 / 09.09.2024
Bunyodkor shohko‘chasida 27 yoshli haydovchi urib yuborgan piyoda vafot etdi
10:15 / 31.08.2024