Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Arsenal» oxirgi daqiqada g‘alabani boy berdi
«Arsenal» Angliya chempionatining 21-turida «Vest Bromvich Albion»ga qarshi kechgan uchrashuvda g‘alaba qozona olmadi. Vest Bromvichdagi «Houtorns» stadionida kechgan uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etildi.
O‘yinning 83-daqiqasida Aleksis Sanchesning jarima zarbasidan keyin to‘p Jyeyms Makklinga tekkan holda darvoza to‘riga borib tushdi. 89-daqiqada Jyey Rodriges penaltidan hisobni tenglashtirdi.
«Qorayaloqlar» jamoasi bu natijadan keyin Angliya chempionatidagi g‘alabasiz seriyasini 19 uchrashuvga yetkazdi. Jamoa oxirgi marta 19 avgust kuni «Byornli»ni safarda yenggandi (1:0).
«Arsenal» 38 ochko bilan turnir jadvalida beshinchi o‘rinda. «Vest Bromvich Albion», 16 ochkosi bilan 19-pog‘onada joylashgan.
Angliya chempionati
21-tur
Vest Bromvich – Arsenal 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 0:1 – 83, avtogol Makkleyn, 1:1 – 89, penalti Rodriges.
Vest Bromvich – Foster, Xegazi, Gibbs, Douson, Evans, Berri, Livermor, Brant (Kryxovyak, 72), Fillips (Makkleyn, 72), Robson-Kanu (Nom, 75), Rodriges.
Arsenal – Chex, Chembers, Mustafi, Kolashinats (Meytlend-Naylz, 37), Koselni (Mertesaker, 72), Ivobi (Uelbek, 74), Chaka, Sanches, Uilsher, Bellerin, Lyakazett.
Ogohlantirishlar: Evans (34), Mustafi (58), Brant (59), Douson (82), Uilsher (88), Chex (90).
Mavzuga oid
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
14:01 / 12.05.2025
Yevropa chempionatlarida YeChL uchun kurash qizimoqda. Kun o‘yinlari
02:17 / 08.05.2025
YeChL. "PSJ" javob o‘yinida ham "Arsenal"ni yengib, finalga chiqdi
12:27 / 04.05.2025