Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung o‘zining ilk moslashuvchan monitorini taqdim etadi
Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi o‘z muxlislarini zamonaviy matritsa bilan quvontirish arafasida. Yangi devays bir necha kundan keyin AQShdagi kompyuter texnikasi ko‘rgazmasida namoyish qilinadi. Biroq ba'zi texnik tafsilotlar hozirdanoq ma'lum.
Taqdimot, rejalashtirilganidek, 9-10 yanvar kunlari Las-Vegasdagi CES 2018 xalqaro elektronika ko‘rgazmasida bo‘lib o‘tadi.
Yangi Samsung CJ791 monitorida tomonlar nisbati 21:9'ga teng bo‘lgan 34 dyuymli QLED-panel qo‘llangan. Uning o‘lchamlari — 3440×1440 piksel. Mutaxassislar uni ultrakeng deb atashmoqda. U foydalanuvchilarga katta fayllar, ma'lumotlar joylangan jadvallarni ko‘zdan kechirish imkonini beradi.
Ekranning bukma radiusi - 11500 mm. Ranglar ko‘lami qamrovi - sRGB (rang spektrini taqdim etish standarti) 125 foizni tashkil qiladi. Ko‘rish burchagi — 178°.
Ishlab chiqaruvchilar rejasiga ko‘ra, foydalanuvchilar birgina Thunderbolt 3 kabeli yordamida monitorni ortiqcha simlarsiz noutbukka ulashlari mumkin bo‘ladi.
Thunderbolt 3'ga ulanish soniyasiga 40 gigabitgacha tezlik bilan ta'minlaydi. Bu USB orqali ulanishga nisbatan deyarli to‘rt karra tezroqdir.
Bundan tashqari, Thunderbolt 3 kabeli quvvat manbai sifatida ham xizmat qilishi mumkin. Yuk kuchi imkoni — 85 Vt.
Mavzuga oid
19:00 / 28.03.2025
Samsung yangi Galaxy A56 5G, A36 5G va A26 5G smartfonlarini taqdim etdi
17:50 / 28.03.2025
The Korea Times: LG, Samsung va Hyundai Rossiyaga qaytish imkoniyatini o‘rganmoqda
20:08 / 25.03.2025
Hindiston Samsungʼdan 601 mln dollarlik soliq qarzini to‘lashni talab qildi
21:15 / 03.03.2025