Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
A Seriya. Peshqadamning g‘alabasi, Immobile pokeri va jodugarlardan navbatdagi sensatsiya
Italiya chempionatining 20-turidan o‘rin olgan bir necha o‘yinlar nihoyasiga yetdi.
Peshqadam «Napoli» o‘z maydonida «Verona»ni qabul qilib, 2:0 hisobida zafar quchdi.
«Latsio» safarda SPAL bilan bellashdi va Immobilening to‘rtta goli evaziga yirik hisobda g‘alaba qozondi.
Chempionat autsayderi «Benevento» qatorasiga ikkinchi g‘alabani nishonladi. Bu safar «jodugarlar» kutilmaganda «Sampdoriya» kuragini yerga tekkizdi.
«Milan» murakkab kechgan bahsda «Krotone» ustidan kichik hisobda g‘alaba qozondi.
Italiya chempionati, 20-tur
6 yanvar

Napoli – Verona - 2:0
Gollar: 1:0 – 65 Kulibali, 2:0 – 78 Kalexon.
Napoli – Reyna, Albiol (Maksimovich, 85), Mariu Ruy, Xyusay, Kulibali, Hamshik (Zelinski, 77), Jorjino, Kalexon, Allan, Insine (Rog, 87), Mertens.
Verona – Nikolas, Erto, Kaseres, Ferrari, Karachcholo, Byuxel, Bessa (Kalvano, 77), Fares, Romulo, Verde (Felicholi, 82), Kin (Patstsini, 58).
Ogohlantirishlar: Bessa (34), Romulo (47), Kaseres (67), Ferrari (83).
Milan – Krotone - 1:0
Gol: 1:0 – 54 Bonuchchi.
Milan – Donnarumma, Bonuchchi, Rodriges, Kalabriya, Romanoli, Bonaventura, Bigliya, Chalxanoglu, Kessie (Lokatelli, 84), Suso, Kutrone (Kalinich, 76).
Krotone – Kordats, Ayyeti, Martella, Sampirizi, Chekkerini, Barberis (Kragl, 86), Mandragora, Roden (Krochata, 64), Stoyan, Trotta, Budimir (Simi, 76).
Ogohlantirishlar: Mandragora (20), Bigliya (45), Martella (90).

SPAL – Latsio - 2:5
Gollar: 0:1 – 5 Luis Alberto, 1:1 – 8, penalti Antenuchchi, 1:2 – 19 Immobile, 1:3 – 26 Immobile, 2:3 – 30 Antenuchchi, 2:4 – 41 Immobile, 2:5 – 50 Immobile.
Benevento – Sampdoriya - 3:2
Gollar: 0:1 – 45 Kaprari, 1:1 – 69 Koda, 2:1 – 84 Koda, 3:1 – 90 Brinola, 3:2 – 90+2 Kovnatski.
Jyenoa – Sassuolo - 1:0
Gol: 1:0 – 80 Galabinov.