Sport | 18:20 / 09.01.2018
17607
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston U23 Osiyo chempionatini mag‘lubiyat bilan boshladi

Xitoyda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati start oldi.

«A» guruhida ishtirok etayotgan O‘zbekiston dastlabki o‘yinda Qatar bilan bellashdi. Dastlabki bo‘lim teng kurashlar ostida o‘tdi, ammo o‘zbekistonliklar biroz xavfli o‘ynadilar. Biroq, hisobni ochish hech bir jamoaga nasib qilmadi.

Ikkinchi bo‘limni qatarliklar faol boshladilar va 55-daqiqada o‘ng qanotdan jarima maydoniga oshirilga to‘pni Almaoz darvozaga yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. Shundan so‘ng O‘zbekiston hisobni tenglashtirish uchun bir qancha vaziyatlarga ega bo‘lsa-da, qatarliklar yaxshi himoyalanib kerakli natijani ushlab qolishga muvaffaq bo‘ldilar.

Guruhning yana bir o‘yinida Xitoy yoshlari Ummonni 3:0 hisobida dog‘da qoldirdilar.

Ravshan Haydarov shogirdlari musobaqaning 2-turini 12 yanvar kuni Xitoy yoshlariga qarshi o‘tkazadi.

OCh U-23. «A» guruhi, 1-tur 
9 yanvar, Changjou, Xitoy

Qatar U-23 - O‘zbekiston U-23 1:0 (0:0) 
Gol
: Ali Almaoz (55)
Qatar U-23: Muhammad al-Bakari, Tariq Salmon, Tamiym al-Muhaza, Abdulla al-Ahrak (Xolid Muhammad, 72), Ahmad Muyin (s), Akram Afif, Sulton al-Brake, Bassam ar-Raviy, Hishom Ali (Meshal Al-Shamariy, 85), Almoaz Ali, Salom al-Hajriy.
O‘zbekiston U-23: Dilshod Hamroyev, Islomjon Qobilov, Rustam Ashurmatov, Hojiakbar Alijonov, Akrom Komilov, (Dilshod Narzullayev, 52), Azizjon G‘aniyev (Andrey Sidorov, 84), Odilbek Hamrobekov, Jasur Yaxshiboyev, Doston Hamdamov (Bobur Abdixoliqov, 76), Javohir Siddiqov, Zabihillo O‘rinboyev.
Ogohlantirishlar: D.Hamdamov (29), A.Ahrak (45), M. al-Bakari (73), Bassam al-Raviy (78).

Xitoy - Ummon - 3:0
Gollar
: Lyu (30), Li (34), Shixao (53)

Маъруфжон Асқаров
Tayyorlagan Маъруфжон Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid