O‘zbekiston | 11:55 / 10.01.2018
38044
1 daqiqa o‘qiladi

Prezidentning yangilangan Virtual qabulxonasi joriy etiladi 

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekistonda respublika prezidentining yangilangan Virtual qabulxonasi joriy etiladi. U aholiga onlayn maslahat berish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatga ega bo‘ladi. Bu haqda «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» davlat dasturi loyihasida ma'lum qilingan.

Qayd etilishicha, bu boradagi tegishli amaliy chora-tadbirlar 2018 yil 20 iyunga qadar ishlab chiqiladi. Axborot texnologiyalari vazirligi bu borada mas'ul etib belgilandi.

Ta'kidlanishicha, bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yangilangan Virtual qabulxonasi dasturiy ta'minoti takomillashtirilib, unda aholiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn maslahatlar berish imkoniyati yaratiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid