Freedom House: Qirg‘iziston – Markaziy Osiyodagi yagona qisman erkin mamlakat
Freedom House huquq himoyasi bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkiloti «2018 yilda jahondagi erkinlik» har yilgi hisobotini taqdim etdi.
Hisobot jahon mamlakatlarida 2017 yildagi siyosiy va fuqarolik erkinligi holatini baholaydi. Qirg‘iziston Markaziy Osiyoda qisman erkin davlatlar ro‘yxatidan joy olgan yagona davlat bo‘ldi.
Hujjat mualliflari dunyodagi barcha mamlakatlar hamda hududlarning 45 foizini erkin davlatlar ro‘yxatiga kiritdi. Bu ro‘yxatda Mo‘g‘uliston, Kanada, Avstraliya, AQSh va G‘arbiy Yevropaning qator mamlakatlari bor.
Qirg‘iziston bilan birga, qisman erkin davlatlar ro‘yxatida Ukraina, Meksika, Moldova, Pokiston va boshqalar qayd etilgan.
Rossiya va MDHning aksariyat mamlakatlari Freedom House tomonidan erkin bo‘lmagan davlatlar ro‘yxatiga kiritildi
Hisobot mualliflarining ta'kidlashicha, 2017 yilda jahondagi demokratiya so‘nggi o‘n yillikdagi eng jiddiy inqirozga to‘qnash keldi, sababi uning asosiy prinsiplari, jumladan, erkin va adolatli saylovlar, ozchilikni tashkil etuvchilar huquqi, matbuot erkinligi va qonun ustuvorligi, butun dunyo bo‘ylab hujumga uchradi.
Mavzuga oid
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
17:21 / 06.11.2024
Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida 8 ta hujjat imzolandi
21:34 / 05.11.2024