Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat byudjyetini shaffof taqsimlovchi yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston tarixida birinchi marotaba davlat byudjyetlarini shaffof taqsimlashda yangi mexanizmdan foydalaniladi. Bu haqda Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Sherzod Kudbiyev «Davlat va jamiyat boshqaruvida fuqarolar ishtirokini ta'minlashning ustuvor vazifalari: ilg‘or g‘oyalar, innovatsiya va texnologiyalar» mavzuida xalqaro anjuman vaqtida ma'lum qildi.
Hokimning qayd etishicha, 2018 yilda Mirzo Ulug‘bek tumani hokimiyati ilk marotaba «Obod uy» tizimini yo‘lga qo‘yadi. Mazkur tizim informatsion texnologiyalar asosida ishlovchi Mirzo Ulug‘bek tumani fuqarosining elektron kartasi bo‘lib, u shaffof jarayonni ta'minlashda yordam beradi.
«Davlat byudjyetida qancha mablag‘ to‘planadi? Ular qayerga yo‘naltiriladi? Mablag‘ qayerdan yig‘iladi? Qanday pudratchilar aholining masalalarini hal etishga safarbar etiladi? Nima uchun bir xonadon yashash sharoitidan mamnun, ikkinchisi esa norozi? Biz davlat idorasi sifatida mana shu asosiy savollarga ochiq va aniq javob berishimiz zarur. Yangi tizim mana shu mexanizmlarning amalga oshirilish jarayoni shaffofligini ta'minlashga yordam beradi», deydi hokim.
Qayd etish lozimki, Mirzo Ulug‘bek tumani hokimiyati o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali aholi bilan bevosita muloqotni joriy qilgan bo‘lib, u yerda yangi tashabbuslar, g‘oyalar muhokamaga qo‘yiladi.
«Biz Facebook'dagi sahifamiz orqali bir narsaga amin bo‘ldik: hokimiyat ko‘proq ahamiyat qaratayotgan ayrim masalalar fuqarolar uchun biz o‘ylaganimizdek muhim emas ekan. Ularni mutlaqo boshqa muammolar qiynashini tushundik. Biz yangi tizimni yanada mukammallashtiramiz. Barchani ijtimoiy tarmoqdagi so‘rovnomalarda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz», deya qo‘shimcha qildi Sherzod Kudbiyev.
Mavzuga oid
17:46 / 17.02.2025
Davlatga qarashli bir qator yirik kompaniyalar yanvarda soliq to‘lashni qisqartirdi
12:11 / 08.01.2025
2024 yilda soliq tushumlari qariyb 200 trln so‘mga yetdi
13:45 / 07.01.2025
Amaldorlarga xizmat avtomobillari, mebel va ofis jihozlari xaridini kamaytirish buyurildi
15:30 / 01.09.2024