Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uzbek Tigers’ning Kubaga boradigan yakuniy tarkibi ma'lum qilindi
Shu yilning fevral oyidan The World Series Boxing(WSB) yarim professional boks ligasining VIII mavsumi boshlanadi.
Uzbek Tigers jamoasi bu mavsumda Amerika jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan. Jamoa ilk uchrashuvni safarda, 9-10 fevral kunlarida o‘tgan mavsum finalchisi Cuba Domadores bokschilariga qarshi o‘tkazadi.
Mazkur janglarda 52, 60, 69, 81, +91 kg vazn toifalaridagi bokschilar o‘zaro to‘qnash kelishadi.
O‘zbekiston boks federatsiyasi Kubaga yo‘l oladigan tarkibni e'lon qildi:
1. Xudoynazar Fayzov (52kg)
2. Shunqor Abdurasulov (60kg)
3. Maxmud G‘oipov (69kg)
4. Madiyar Saidrahimov (81kg)
5. Bahodir Jalolov (+91kg)
Shuningdek, murabbiylar shtabi ushbu uchrashuv uchun zaxira tarkibiga ham aniqlik kiritgan.
Guruhda ikkinchi jangni ham jamoa kubalik bokschilarga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv 23-24 fevral kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi.
Uzbek Tigers ning guruhdagi uy bellashuvlari sanalari:
23-24 fevral: Cuba Domadores (Kuba)
2-3 mart: Colombia Heroicos (Kolumbiya)
6-7 aprel: Caciques de Venezuela (Venesuyela)
Safar bellashuvlari sanalari:
9-10 fevral: Cuba Domadores
23-24 mart: Colombia Heroicos
13-14 aprel: Caciques de Venezuela
Mavzuga oid
08:15 / 18.05.2025
O‘zbekistonlik bokschilar Polshadagi turnirda birinchi bo‘ldi
09:20 / 13.04.2025
Shahram G‘iyosov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi (video)
10:12 / 06.04.2025
O‘zbekiston boks jamoasi jahon kubogida 5 ta oltin qo‘lga kiritdi
08:07 / 06.04.2025