Fan-texnika | 07:50 / 28.01.2018
29661
1 daqiqa o‘qiladi

Internetda Samsung Galaxy S9 va S9+ smartfonlari suratlari paydo bo‘ldi

Foto: AP Photo / Lee Jin-man

Internetda Samsung Galaxy S9 va S9+ smartfonlarining old qismi suratlari paydo bo‘ldi. Suratlar Venture Beat portali tomondan e'lon qilingan.

Portalning ta'kidlashicha, yangi smartfonlarning dizayni avvalgi modelnikidan kam farq qiladi. Ma'lum qilinishicha, Galaxy S9 5,8 dyuymli ekran, 4 gigabayt xotira va 64 gigabayt doimiy xotira bilan, S9+ esa 6,2 dyuymli ekran, 6 gigabayt xotira va 128 gigabayt doimiy xotira bilan jihozlanadi. 12 megapikselli asosiy old kamera o‘zgartiriluvchi apertura (f/2,4 — f/1,5) va tezkor suratga olish (soniyasiga 480 ta kadr) imkoniyatini oladi.

 

Bundan tashqari, Galaxy S9 va S9+’da yuzni tanish tizimi yaxshilangan, barmoqlar izi skaneri avvalgi modeldagidek kamera yonida emas, uning ostida joylashadi.

Smartfonlarning rasmiy taqdimoti 25 fevralga belgilangan, sotuvga esa 16 martdan chiqadi.

Mavzuga oid