OAVda yangi Galaxy S9’ning narxi qancha turishi ma'lum qilindi
Samsung’ning yangi Galaxy S9 flagman smartfoni avvalgi model – Galaxy S8’dan biroz qimmatroq turadi, deb yozmoqda Janubiy Koreyaning ETNews nashri.
Janubiy Koreyada yangi gadjyet narxi 890-935 dollar atrofida bo‘ladi. Avvalgi model esa 875 dollar turgan.
Avvalroq internetda Galaxy S9 va S9 Plus’ning old qismi suratlari paydo bo‘lgandi.
Suratlardan ikki smartfon ham o‘xshash dizaynga egaligini ko‘rish mumkin: tomonlari 18:9 nisbatda bo‘lgan hoshiyasiz Infinity Display, sensorlar va selfi uchun kameralar to‘plami, smartfonni blokdan biometrik chiqarish, Home tugmasining yo‘qligi. Qurilmalar Super AMOLED displeyining o‘lchami bilan farq qiladi: S9 5,8 dyuymli, S9+ esa 6,2 dyuymli ekran bilan jihozlangan.
Samsung yangi smartfonlarini Barselonada o‘tuvchi Mobile World Congress ko‘rgazmasi boshlanishidan bir kun avval – 25 fevralda taqdim qiladi.
Mavzuga oid
11:28 / 10.11.2024
Dunyo bo‘ylab eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi
21:57 / 26.09.2024
Samsung xodimlari radiatsiyaga uchragani tufayli kompaniya jarimaga tortildi
22:24 / 19.09.2024
Samsung’ning Hindistondagi zavodi xodimlari ish tashlash e’lon qildi
21:48 / 18.09.2024