Jahon | 17:10 / 09.02.2018
25102
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Janubiy Koreya prezidenti va Kim Chen Inning singlisi

Janubiy Koreya prezidenti Mun Jye In birinchi marta KXDR rahbari Kim Yo Jon bilan uchrashdi.

Pyongchangda boshlangan qishki Olimpiya o‘yinlari ochilish marosimi vaqtida ular o‘zaro qo‘l siqib ko‘rishgan.

Bundan avvalroq Mun Jye In KXDRning formal rahbari, KXDR Oliy xalq yig‘ini (parlament) prezidiumi raisi Kim Yon Nam bilan ham uchrashgandi.

9 fevral kuni tarkibida Kim Yo Chjon ham bor delegatsiya KXDRdan Janubiy Koreyaga keldi, delegatsiya Pyongchangga poyezdda keldi.

Shimoliy koreyaliklar Koreya Respublikasi prezidenti nomidan uyushtiriladigan kechki ovqatga qatnashadi. Unda yana 20 ga yaqin davlatning birinchi shaxslari yoki ularning vakillari ham ishtirok etadi.

Mavzuga oid