Patronaj hamshiralari velosipedda xizmat ko‘rsatmoqda (video)
O‘zbekiston Respublikasidagi birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalarida xizmatlar sifatini yaxshilash, profilaktika tadbirlarining samaradorligini oshirish maqsadida Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumanida faoliyat yuritayotgan patronaj hamshiralari uchun birinchi bosqichda mavjud 11 ta hududga ikkitadan velosiped olib berildi.
- Hamshiralarning barchasi velosiped haydashni bilmasdi, ammo bir-birlaridan ko‘rib, o‘rganishdi, - deydi bosh hamshira Sevara Ashirova. – Ilgari bitta chaqiruvning o‘ziga bir yarim soat vaqt ajratgan bo‘lsa, velosipedlar bilan ta'minlangandan so‘ng bu ko‘rsatkich 35-36 daqiqaga yetdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, bosqichli tadbirlar doirasida tuman hokimligi 80 ming nafar patronaj hamshirasining barchasini velosipedlar bilan ta'minlashni rejalashtirgan.
Mavzuga oid
12:01 / 27.11.2024
Yevropa Ittifoqida velosiped ishlab chiqarish hajmi kamayib bormoqda
22:55 / 02.11.2024
Yaponiyada endi velosiped haydash vaqtida telefondan foydalangan shaxslar qamaladi
10:20 / 22.10.2024
Eronlik erkak tinchlik uchun 40 yil ichida 80 mamlakatni velosipedda aylanib chiqdi
01:59 / 30.09.2024