Jamiyat | 21:24 / 24.02.2018
17062
1 daqiqa o‘qiladi

Moskva viloyatida yuk mashinasi ichida Qozog‘iston fuqarolari jasadlari topildi

Moskva viloyatining Chexov tumanida yuk mashinasi ichida Qozog‘istonning 3 nafar fuqarosi jasadi topildi. Bu haqda o‘z manbasiga iqtibos keltirgan holda “Interfaks” axborot agentligi xabar bermoqda.  

“Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Novosyolka qishlog‘ida yuk mashinasi ichida Qozog‘istonning 35-40 yoshlar atrofidagi uch nafar fuqarosi jasadi aniqlangan”, deb ma'lum qilgan manba. 

Ta'kidlanishicha, erkaklar jasadlari yonida gaz gorelkasi va spirtli ichimliklar idishlari aniqlangan.

Viloyat tergov boshqarmasi matbuot xizmatida ushbu ma'lumot tasdiqlangan va dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, erkaklarning o‘limiga baxtsiz hodisa sabab bo‘lgani ta'kidlangan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid