Jahon | 19:30 / 25.02.2018
5565
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Afrindagi harbiy amaliyotning birinchi bosqichini yakunladi

Foto: ANNA News

Turkiya Suriya shimolidagi Afrin hududida «Zaytun butog‘i» nomli harbiy kampaniyasining birinchi bosqichini yakunladi. Bu haqda yakshanba kuni Haberturk telekanali xabar tarqatdi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, Suriya Arab respublikasiga Xatay va Kilis viloyatlaridan kirib kelgan turkiyalik harbiylar Afrin atrofida yarim oy shaklidagi front chizig‘ini hosil qilib to‘xtashgan.

Yanvar oyi oxirida Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim jurnalistlarga respublika ushbu amaliyotni to‘rt bosqichda o‘tkazishi haqida ma'lum qilgandi. Ammo o‘shanda u tafsilotlarni aytmagandi.

Turkiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi 20 yanvar kuni Afrinda «O‘z-o‘zini mudofaa qilish xalq kuchlari» va «Demokratik ittifoq» partiyasiga qarshi «Zaytun butog‘i» operatsiyasining boshlanganligi haqida e'lon qildi.

Bundan oldinroq Turkiya qurolli kuchlari bosh shtabi Suriyadagi amaliyot boshlanganidan beri ikki mingga yaqin jangari yo‘q qilganini ma'lum qilgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid