Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sayyohlarga sim-karta berish tizimi qachondan ishga tushishi ma'lum qilindi
O‘zbekistonga kelgan xorijiy sayyohlarga sim-kartalar berish tizimi mart oyida ishga tushadi. KUN.UZ muxbiri 28 fevral kuni Xalqaro Press-klubda berilgan ma'lumotlarga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
"Operatorlar sim-kartalarni taqdim etishga tayyor. Hozir biz amaldagi qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar kiritish jarayonidamiz, bu ko‘p vaqt olmaydi. O‘ylaymanki, mart oyida xorijiy sayyohlarga sim-karta berish tizimi ishga tushadi", - deya ma'lum qilindi tadbirda.
Respublika aeroportlarida maxsus ajratilgan joylarda sayyohlar uchun zarur mobil xizmatlariga ulanish imkoni paydo bo‘ladi.
Shuningdek davlat-xususiy sektor hamkorligi asosida bepul Wi-Fi tizimiga ulanish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Buxoroning diqqatga sazovor joylarida sayyohlarga bepul Wi-Fi xizmatlari yo‘lga qo‘yilgani misol tariqasida keltirildi. Kelgusida O‘zbekistonning barcha diqqatga sazovor joylarida bepul Wi-Fi'dan foydalanish imkoni paydo bo‘ladi.
Shu o‘rinda, xususiy sektor vakillari bu borada hamkorlikka chorlandi, zero O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishga hissasini qo‘shuvchi xususiy sektor korxonalariga Prezident qarori asosida soliq bo‘yicha qator imtiyozlar taqdim etiladi.
Mavzuga oid
20:05 / 05.05.2025
Xitoyda kuchli shamol sayyohlik kemalarini ag‘darib yubordi. 10 kishi halok bo‘ldi
23:43 / 23.04.2025
Kashmirda sayyohlarni o‘qqa tutgan terrorchilar haqidagi ma’lumot uchun mukofot e’lon qilindi
22:32 / 27.02.2025
Tailand hukumati mamlakatga keluvchi barcha sayyohlar uchun soliq joriy etadi
18:53 / 01.02.2025