Qirg‘izistonda yo‘lovchi samolyoti halokatga uchrashiga bir baxya qoldi
Qirg‘izistondagi «Manas» xalqaro aeroporti «Tez Jyet» aviakompaniyasi samolyoti favqulodda qo‘nishni amalga oshirgani haqida xabar berdi.
2018 yilning 1 mart kuni «Manas» aeroportiga Bishkekdan Batkenga yo‘l olgan «Tez Jyet» aviakompaniyasining RJ-85 samolyoti favqulodda qo‘nishni amalga oshirgan.
Samolyot «Manas» aeroportidan soat 14:22da parvoz qilgan. Uchuvchilar chap dvigatel ishdan chiqqani tufayli dispetcherlar orqali favqulodda qo‘nish haqida so‘rashgan.
«Samolyot 14:52da muvaffaqiyatli qo‘ndi, 96 yo‘lovchidan hech kim jabrlanmadi», - deya xabar berishgan aeroportdan.
Qirg‘iziston Respublikasi Fuqarolik aviatsiyasi agentligi ushbu holatni o‘rganish bo‘yicha komissiya tashkil etdi.
Bishkek-Batken aviareysi yo‘lovchilari samolyotning ziyon ko‘rgan dvigatelini videoga ham olishdi:
Mavzuga oid
13:40 / 24.11.2024
Qirg‘izistonda elektron sigaretalar taqiqlanadi
13:51 / 23.11.2024
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi
21:37 / 20.11.2024
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li bo‘yicha muzokaralar yakuniy bosqichda – OAV
20:34 / 20.11.2024