Yunon-rum kurashi. O‘zbekiston Osiyo chempionatini 6ta medal bilan tugatdi
Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionati davom etmoqda. Kecha Yunon-rum kurashi bo‘yicha medallar uchun bahslar nihoyasiga yetdi.
O‘zbekiston terma jamoasi so‘nggi kun bahslarida -60kg vazn toifasida gilamga chiqqan Islomjon Bahromov, -67kg vaznda Mirzobek Rahmatov va -72kg vazn toifasida Aram Vardanyan O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga bronza medallarni keltirdi.
-97kg vaznda finalgacha yetib borgan Rustam Assakalov hal qiluvchi jangda eronlik Saidmustafo Salohzodaga qarshi gilamga chiqib, 0:4 hisobida imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan kifoyalanishga majbur bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, kecha bo‘lib o‘tgan bahslarida Elmurat Tasmuradov oltin, Mo‘minjon Abdullayev esa kumush medalni qo‘lga kiritgandi. Shu tariqa, yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida 1ta oltin, 2ta kumush va 3ta bronza medalini qo‘lga kiritdilar.
Endi musobaqalar erkin kurash turida davom ettiriladi. Bu musobaqada ham O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
18:40 / 08.08.2024
Olimpiadada asr voqeasi: Kubalik gigant hech kim qilolmagan ishni uddaladi
23:47 / 07.08.2024
Parij-2024. Assakalov bronza uchun bahsda jarohat olib faoliyatini yakunladi, Vardanyan ham turnirni medalsiz tugatdi
09:30 / 06.08.2024
40 yoshli Assakalov, ilk ayol kurashchi, Abdurahmonov o‘rniga dog‘istonlik - O‘zbekiston kurash jamoasining Parijdagi tarkibi va raqiblar haqida
23:04 / 23.09.2023