Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Word'ni doskada chizishga majbur bo‘lgan o‘qituvchi Microsoft’dan sovg‘a oladigan bo‘ldi
Fevral oyi oxirida ijtimoiy tarmoqlarda Ganadagi kichik qishloqda dars beruvchi informatika o‘qituvchisi Richard Akotoning suratlari tarqab ketdi. Mahalliy boshlang‘ich maktab o‘quvchilarida kompyuterdan foydalanish imkoni yo‘q, shuning uchun afrikalik o‘qituvchi doskada Microsoft Word nusxasini turli rangdagi bo‘r bilan batafsil chizib ko‘rsatgan.
Akotoning Quartz bilan suhbatda ta'kidlashicha, har bir darsda doskada turli dasturlarni chizadi, bu ularni bolalarga ko‘rsatish uchun qilinadi. O‘qituvchining so‘zlariga ko‘ra, u mashhur bo‘lib ketishini kutmagan edi: Feysbuk foydalanuvchilari unga maktab uchun pul va texnika taklif qila boshlashdi. 27 fevral kuni bu o‘ziga xos harakatga Microsoft ham qo‘shildi – kompaniya Akotoga kompyuter yuborish va ta'lim dasturlaridan foydalanish imkonini taqdim etishga va'da berdi.
Qishloqda to‘laqonli ta'lim uchun bitta emas, balki 50 ta kompyuter kerak. O‘qituvchi taklifni qabul qildi, biroq Gana qishlog‘idagi sinfga to‘laqonli ish uchun taxminan 50 ta qurilma kerak ekani, bitta kompyuter esa ko‘p narsani o‘zgartirmasligini alohida qayd etib o‘tdi. Akotoning bosh maqsadi – bolalarni informatika bo‘yicha milliy imtihonga tayyorlash, u yerda badavlat shaharlar va qishloqlardan bo‘lgan bolalar bir xildagi masalani yechishiga to‘g‘ri keladi. «Butun umri davomida to‘xtovsiz ravishda kompyuterdan foydalangan va kompyuter sichqonchasini ilk marta ko‘rgan odamni o‘zaro taqqoslash mumkin emas», - deya ta'kidlab o‘tdi ganalik.
Mavzuga oid
00:16 / 24.05.2025
Microsoft aniq ob-havo bashoratlari uchun Aurora sun’iy intellekt modelini taqdim etdi
18:01 / 05.05.2025
Microsoft kompaniyasi Skype’ni yopdi. Messenjer 20 yildan ortiq faoliyat yuritdi
20:55 / 09.04.2025
Microsoft dunyoning eng qimmat kompaniyasiga aylandi
14:18 / 02.03.2025