Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Murod Ahmadaliyev ham raqibini ilk raundda nokautga uchratdi
10 mart kuni yana bir o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi, Rio olimpiadasi sovrindori, Mudofaa vazirligi Sport klubi a'zosi Murod Ahmadaliyev professional ringdagi ilk jangini o‘tkazdi.
Ahmadaliyevning katta boksdagi ilk raqibi argentinalik David Paz bo‘ldi.
«The Real Deal Boxing» va «Mir boksa» kompaniyalari tomonidan tashkillashtirilgan boks kechasi «Kings Theater» arenasida bo‘lib o‘tdi.
Jangning ilk soniyalaridanoq Ahmadaliyev to‘liq ustunlik bilan boshladi va raund oxiriga Paza uning kuchli zarbalaridan birini o‘tkazib yubordi va hakam nokaut e'lon qildi.
Qayd etish kerakki, Paz professional boksda 9ta jang o‘tkazib ulgurgan va shularning 4tasida g‘alaba qozongandi.
Ahmadaliyev esa debyutdayoq g‘alaba qozondi.
Bundan avvalroq «Uzbek Tigers»ning boshqa bir vakili Shahram G‘iyosov professional boksdagi ilk janggini o‘tkazib, 5-soniyadayoq raqibini nokautga tushirib g‘alaba qozongani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
08:15 / 18.05.2025
O‘zbekistonlik bokschilar Polshadagi turnirda birinchi bo‘ldi
09:20 / 13.04.2025
Shahram G‘iyosov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi (video)
10:12 / 06.04.2025
O‘zbekiston boks jamoasi jahon kubogida 5 ta oltin qo‘lga kiritdi
08:07 / 06.04.2025