Jahon | 17:45 / 14.03.2018
4705
2 daqiqa o‘qiladi

Iroq Kurdistonida xalqaro aeroportlar faoliyati tiklandi

Foto: © RIA Novosti / Dmitriy Vinogradov

14 mart kuni Iroq Kurdistonidagi aeroportlar xalqaro reyslar uchun rasman ochildi. Bu haqda kurdlarning telekanalida xabar berilgan.

«Iroq Kurdistonidagi aeroportlar xalqaro reyslar uchun ochildi», deya xabar bergan kanal.

Shuningdek, Iroq ichki ishlar vazirligi «As-Sumariya» telekanali orqali Arbildagi aeroportlardan birida uchishlar boshlanganini ma'lum qilgan.

Seshanba kuni Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy hafta davomida Iroq Kurdistoni bilan aviqatnovlarni tiklashga farmoyish bergandi. Bosh vazir Ichki ishlar vazirligidagi chiqishida Arbil va Sulaymoniyadagi aeroportlar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi haqida gapirgandi.

Iroq Kurdistoni va federal hukumat o‘rtasidagi munosabatlar 2017 yilning sentabrida o‘tkazilgan kurdlar referendumi tufayli sovuqlashgandi. O‘shanda referendumda qatnashganlarning 93 foizi kurdlar mustaqil davlat bo‘lib ajralib chiqishini qo‘llab-quvvatlagandi.

Referendumdan keyin Iroq hukumati muxtoriyatga nisbatan qator sanksiyalar qo‘llagandi. Ular qatorida - mintaqadan xalqaro reyslarni to‘xtatish va bank amaliyotlari hududdan tashqarida amal qilishini to‘xtatish ham bor edi.

Mavzuga oid