Qur'on musobaqasida Toshkent shahar bosqichi g‘oliblari aniqlandi
18 mart kuni «O‘zbekiston Qur'on musobaqasi 2018» erkaklar o‘rtasida Toshkent shahar bosqichi o‘tkazildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
18-19 mart kunlari Toshkent shahridagi «Navro‘z» tantanalar saroyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan mazkur musobaqaning birinchi kunida qorilarning nafis qiroati saroyda yangradi. Musobaqa natijasiga ko‘ra, Toshkent shahrida tilovat bo‘yicha 18-25-yoshgacha erkaklar o‘rtasida Nizomiddin Ismoilov (1-o‘rin), Iskandarjon Ismoilov (2-o‘rin), Mirg‘iyos Mirhosilov (3-o‘rin) g‘olib, deb topildi. Tilovat yo‘nalishida 26-40 yoshgacha erkaklar o‘rtasida Fayzirahmon Mamadjonov 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Yahyo Abdurahmanov va Yo‘ldoshali Karimov mos ravishda keyingi pog‘onada qayd etildi.
Musobaqaning Hifz yo‘nalishida 18-25 yoshlar o‘rtasidagi g‘olib qorilar orasida Habibulloh Ahmedov, Ne'matulloh Husniddinov va Islom Inog‘omov e'tirof etildi. Hifz yo‘nalishida 26-40 yoshdagi g‘olib qorilar Muhammad To‘rayev, Abdulaziz So‘fiyev hamda Dovud Axunjanov, deb topildi.
Eslatib o‘tamiz, 19 mart kuni «O‘zbekiston Qur'on musobaqasi 2018» ayollar o‘rtasida Toshkent shahar bosqichi o‘tkazilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
18:36 / 26.09.2024
Toshkentda 63 yoshli erkak avtobusda vafot etdi
17:45 / 25.09.2024
2030 yildan Toshkent shahri va uning atrofida mazutdan foydalanish taqiqlanadi
17:30 / 25.09.2024
Toshkentda Red Bull BC One saralash o‘yinlari bo‘lib o‘tdi
16:56 / 25.09.2024