Jahon | 13:00 / 18.03.2018
11191
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Afrinda Turkiya bayroqlari o‘rnatildi

Turkiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan Suriya muxolifat kuchlari hamda turkiyalik harbiylar Suriya shimolidagi Afringa kirdi.

En-Ti-Vi telekanali ma'lumotiga ko‘ra, Suriya muxolifati kuchlari yakshanba kuni tongida shaharning janubi-sharqidan shahringa kirishgan. Ayni vaqtda shaharda portlashlar va o‘q ovozlari eshitilishi davom etmoqda. Shahar ustida Turkiya harbiy samolyotlari uchib o‘tib turibdi.

Shaharni olish uchun janglar davomida kurd harbiylaridan 1500 nafari yo‘q qilingani aytilmoqda.

Ayni vaqtda Afrinda Turkiya va Suriya muxolifati bayroqlari osilmoqda.

Foto: Twitter

Turkiya armiyasi Afrinni mart oyi boshida qamal qilgandi, kurdlarga qarshi «Zaytun novdasi» nomli harbiy amaliyot shu yil 20 yanvarida boshlangandi. Turkiya kurdlarning harbiylashgan guruhlarni terrorchilar deb hisoblaydi.

Mavzuga oid