Jamiyat | 15:10 / 24.03.2018
150472
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda soxta militsiya mayori qo‘lga olindi

Foto: Samarqand viloyat IIB

2018 yil 21 mart kuni Samarqand shahriga kirishda Navro‘z bayrami munosabati bilan vaqtincha tashkil etilgan «To‘siq» postida  «Sindor» ismli shaxs ichki ishlar organi xodimlarining tasdiqlangan namunadagi maxsus formali kiyim-boshini kiyib va maxsus mayor unvonini taqib olib, YPX xodimiga qo‘pol va buyruq ohangida o‘zini IIB xodimi deb tanishtirib, Ichki ishlar organlari xodimlariga xos bo‘lmagan xatti-harakatlarni sodir etganda, shu yerda xizmatni olib borayotgan IIB xodimlari, uning harakatlaridan shubhalanib, tekshirib ko‘rishganda, bu shaxs aslida IIB xodimi emasligini aniqlangan. Bu haqda Kun.uz’ga Samarqand viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tekshiruvlar davomida, ushbu «soxta mayor»ning shaxsi o‘rganilganda, u Kattaqo‘rg‘on tumani Yavi mahallasida yashovchi, muqaddam sudlangan, oilali, ikki nafar farzandi bor, vaqtincha ishsiz, Xushmatov Sindor Baxtiyorovich ekanligi aniqlandi.

Hozirda viloyat IIB tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Foto: Samarqand viloyat IIB
Foto: Samarqand viloyat IIB

Agar Xushmatov Sindor Baxtiyorovich o‘zini IIB xodimi deb tanishtirib, o‘zganing mulkini yoki o‘zganing mulkiga bo‘lgan huquqni firibgarlik, tovlamachilik yoki boshqa jinoyat sodir etganligi borasida ma'lumotga ega bo‘lsangiz, tezda Samarqand viloyat IIBning quyidagi ishonch telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishingizni so‘raymiz.

Telefonlar: +998 (66) 233-11-11; +998 (97) 390-00-19:

Sizning xabaringiz jinoyat uchun javobgarlikni ta'minlashga xizmat qilishini unutmang! 

Mavzuga oid