Jahon | 17:24 / 26.03.2018
5709
1 daqiqa o‘qiladi

Isroil AQShdan 2018 yilda RQM uchun 705 mln dollar oladi

Foto: Reuters

AQSh kongressi Isroilga raketalarga qarshi mudofaa tizimlari uchun 705 mln dollar ajratish haqidagi qarorni tasdiqladi. Bu haqda The Jerusalem Post Isroil mudofaa vaziri Avigdor Libermanga tayangan holda xabar bermoqda.

«Men AQSh kongressi raketalarga qarshi mudofaa uchun rekord miqdorda – 2018 yilda 705 mln dollar ajratish haqidagi qarorni tasdiqlaganini e'lon qilishdan xursandman», - deya ma'lum qildi Liberman.

Ta'kidlanishicha, pullar Iron Dome, David's Sling va Arrow-3 tizimlariga sarflanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid