Jamiyat | 10:56 / 31.03.2018
11216
1 daqiqa o‘qiladi

Jalaquduqdagi xonadonda yong‘in, uy egasining kuygan holdagi jasadi topildi

Illyustrativ foto/Newtimes.kz

Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida yong‘in yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 29 mart kuni soat 11.20larda Ko‘tarma MFY Bog‘ ko‘chasida yashagan, 1995 yilda tug‘ilgan H.M. uyida mast holda sigareta chekib uxlab qolishi oqibatida sigareta ko‘rpaga tushib yong‘in sodir bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. 

Yong‘in oqibatida uydagi ko‘rpa to‘shaklari yonib, zarar ko‘rgan va yong‘in o‘chirish vaqtida uy egasi H.M.ning kuygan holdagi jasadi topilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid