Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryolik fuqarolarga yong‘in xavfsizligi bo‘yicha amaliy tushunchalar berildi
Qarshi shahridagi “Atlas” ko‘ngil ochar savdo markazida Yong‘in xavfsizligi xizmati va tegishli tezkor xizmatlar hamkorligida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi, savdo markazi ishchi-xizmatchilari o‘rtasida amaliy tarzda o‘tkazilgan mashg‘ulotdan ko‘zlangan maqsad fuqarolarda yong‘inga bo‘lgan ongli munosabatni shakllantirish va yong‘in vaqtida yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini qo‘llash to‘g‘risidagi ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Shahrisabz shahridagi “Olchazor Aziya” savdo kompleksida yong‘inga qarshi targ‘ibot tadbirlari o‘ikazildi, tadbir davomida u yerda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar va fuqarolarga yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlari va yong‘in sodir bo‘lganda yong‘inni qay tarzda bartaraf etish va to‘g‘ri harakatlanishlari bo‘yicha amaliy ko‘rgazmalar yordamida tushunchalar berildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyat IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabar bermoqda.
Tadbirda Shahrisabz shahrining tezkor xizmatlari, ya'ni favqulodda vaziyatlar, tez tibbiy. gaz va elektr korxonalari xodimlari ishtirok etdi.
Koson tumanidagi Pedagogika kasb-hunar kollejida o‘quvchi va talabalarga yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini qo‘llash, yong‘inlarning oldini olish va yong‘in chog‘ida to‘g‘ri harakat qila olishni o‘rgatish bilan birga Qashqadaryo viloyat IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi va Koson tuman YoXB xodimlari va tegishli hamkor tashkilotlar hamkorligida yong‘inga qarshi targ‘ibot tadbirlarini olib borishdi.
Xuddi shunday tadbirlar, tumanning boshqa maskanlarida ham o‘tkazilishi bilan birga, mahalla hududidagi xonadon egalariga yong‘in xavfsizligi qoida talablariga rioya etishlari bo‘yicha yo‘riqnomalar berildi.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor
16:04 / 26.03.2025
Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi
23:40 / 14.03.2025