Jahon | 11:57 / 18.04.2018
16384
2 daqiqa o‘qiladi

Bloger falokatga uchrayotgan samolyotdan onlayn-namoyish olib bordi

Foto: Mark Makela / Reuters

Amerikalik bloger Marti Martinez AQSh osmonida falokatga uchrayotgan samolyotdan Facebook’da jonli namoyish olib bordi.

Namoyish kadrlarida u oyna oldidagi o‘rindiqda yuzida kislorod niqobi bilan o‘tirganini ko‘rish mumkin. “Samolyot bilan nimadir yuz berdi! Ko‘rinishicha, biz pastlamoqdamiz! Favqulodda qo‘nish! Southwest aviakompaniyasining Nyu-Yorkdan Dallasga reysi”, deb yozgan bloger.

Keyinroq u samolyot dvigateli portlab ketganini, portlash oqibatida uning bo‘laklari illyuminatorlardan birini teshib o‘tib, yo‘lovchilardan birining o‘limiga sabab bo‘lganini yozgan.

 

Something is wrong with our plane! It appears we are going down! Emergency landing!! Southwest flight from NYC to Dallas!!

Posted by Marty Martinez on Tuesday, April 17, 2018

Ma'lum qilinishicha, voqea Southwest Airlines aviakompaniyasining 1380-sonli reysi bilan yuz bergan. Reysni bajargan Boeing 737-700 samolyotida 143 yo‘lovchi va ekipajning 5 a'zosi bo‘lgan. Samolyot dvigateli bilan yuzaga kelgan muammolar sababli Filadelfiyada favqulodda qo‘nishiga to‘g‘ri kelgan. Guvohlarning aytishicha, samolyot saloniga tushgan dvigatel bo‘laklari yo‘lovchilardan biriga tekkan.

OAV ma'lumotlariga ko‘ra, yana 12 yo‘lovchi shifokorlar tomonidan ko‘rib chiqilgan, yengil jarohatlar olgan 7 kishiga voqea joyida yordam ko‘rsatilgan. 

Mavzuga oid