Netanyahu Suriyaga hujumni Tramp bilan muvofiqlashtirgan – OAV
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan qo‘llab-quvvatlov olgan va shundan keyingina 9 aprel kuni Suriyaning Xoms viloyatidagi aviabazaga zarba berish haqida buyruq bergan. Bu haqda The Wall Street Journal manbalarga asosan xabar qilmoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Netanyahu Suriya bazasiga Eronning havo hujumidan mudofaa batareyasi yetib kelganidan so‘ng, darhol hujum qilish haqida buyruq bergan. Ta'kidlanishicha, batareya u jangovar tayyorgarlikka keltirilishidan avval yo‘q qilib tashlangan. Shuningdek manbalar xabariga ko‘ra, Isroil samolyotlari Eronning uchuvchisiz uchar qurilmalari bo‘lgan angarni vayronaga aylantirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriyaning Xoms shahridagi Shayrot harbiy aerodromiga hujum yuz bergani, u Isroil harbiy-havo kuchlari tomonidan amalga oshirilgani xabar qilingandi. Ta'kidlanishicha, Isroil harbiy-havo kuchlari Suriyaga so‘nggi hafta ichida ikkinchi marta hujum uyushtirdi. Avvalroq, Isroilga tegishli ikkita F-15 qiruvchisi Tifor aerodromiga sakkizta raketa bilan zarba bergani xabar qilingandi.
Suriya rasmiy OAV xabariga ko‘ra, Suriya havo hujumidan mudofaa kuchlari Xoms shahri yaqinida raketalarni urib tushirgan.
Mavzuga oid
15:25 / 27.11.2024
«Tinch aholi uyini bombalash g‘alaba deyilmaydi» – oyatulloh Netanyahuni qatl etishga chaqirdi
07:31 / 27.11.2024
Isroil va «Hizbulloh» o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi
21:41 / 26.11.2024
Netanyahuni qamash buyurildi. Bu Isroilga qurol yetkazilishiga to‘siq bo‘la oladimi?
14:17 / 26.11.2024