Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘g‘ri Islandiyadagi qamoqdan Shvetsiyaga bosh vazir bilan bir samolyotda uchdi
Islandiya tarixidagi eng katta o‘g‘rilik uchun hibsga olingan Sindri Tor Steffanson qamoqdan qochib, Shvetsiyaga uchdi. Guvohlarning ma'lum qilishicha, o‘g‘ri mamlakatni Islandiya bosh vaziri bilan bir samolyotda tark etgan. Associated Press shu haqida xabar berdi.
Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, Steffanson qamoq derazasidan qochgan va Keblavikdagi xalqaro aeroportga yo‘l olgan. Shvetsiya va Islandiya Shengen zonasida joylashgani va Yevroittifoq fuqarolari bu mamlakatlar o‘rtasida shaxsni tasdiqlovchi hujjatsiz parvoz qilishi mumkin bo‘lgani uchun aeroportda pasportni ko‘rsatishga hojat bo‘lmagan.
Steffanson parvoz qilgan samolyot yo‘lovchilaridan birining mahalliy nashrlarga bildirishicha, Islandiya bosh vaziri Katrin Yakobsdouttir ham xuddi shu reysda uchgan. U Hindiston bosh vaziri bilan muzokaralar uchun Stokgolmga parvoz qilishi kerak bo‘lgan.
Biroq politsiyada qayd qilinishicha, o‘g‘ri chipta xarid qilish uchun birovning pasportidan foydalangan. Shu bois tergovchilar Steffansonning unga qochishga yordam bergan sherigi bo‘lgan deb hisoblashmoqda. Politsiyachilar bu borada ikki kishini so‘roq qilishga ulgurishdi.
O‘g‘ri xavfsizlik darajasi past bo‘lgan qishloq qamog‘ida saqlangan. U yerda mahbuslarga telefon va internetdan foydalanishga ruxsat berishar, qamoqxona binosi esa hatto darvozasiz bo‘lgan.
Steffanson mamlakat tarixidagi eng yirik o‘g‘rilikni uyushtirishda ayblangan - umumiy summasi 2 million dollarni tashkil qilgan 600 ta bitkoin mayningi uskunasi o‘g‘irlangan. 2018 yilning fevralidagi tergov ishlariga qaramay, o‘g‘irlangan kompyuterlar hanuz topilganicha yo‘q. Ba'zi versiyalarga ko‘ra, qurilmalar mamlakatdan tashqariga olib chiqilgan, zero 340 ming kishi yashovchi joyda kriptovalyuta mayning tizimlarining bu qadar ko‘pligi allaqachon jamoatchilik e'tiborini tortgan bo‘lardi.
Mavzuga oid
20:17 / 25.05.2025
Dron Rossiyaning Shvetsiyadagi elchixonasi hududiga ichida bo‘yoq bo‘lgan idishni tashladi
00:42 / 13.05.2025
Shvetsiyada tuxumni qizining peshonasiga urib chaqqan ayol jarimaga tortildi
21:20 / 10.05.2025
Shvetsiya elektromobillarni quvvatlantiradigan yo‘llarni quradi
22:46 / 03.05.2025