Foto: Armaniston prezidenti namoyishchilar qarshisiga chiqdi

Foto: RIA Novosti
21 aprel kuni Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan o‘z va'dasini bajardi va namoyishchilar hamda ularning rahbari — Nikolya Pashinyan qarshisiga — «xalq guvohligidagi muzokaralar» (Pashinyanning talabi) o‘tkazish va siyosiy vaziyatni barqarorlashtirish uchun shahardagi bosh maydonga chiqdi.
Shu kuni politsiya yana 100 nafardan ortiq namoyishchini hibs qilgandi, bir kun oldin esa 200 nafardan ortiq namoyishchi politsiya mahkamalariga olib ketilgandi.
16 aprel kunidan boshlab Yerevanda mamlakatning sobiq prezidenti Serj Sargsyan parlamentda yangi bosh vazir etib saylanganiga qarshi (u yagona nomzod edi) namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda. Sargsyan prezidentligi muddati yakunlay boshlagach, referendum o‘tkazib, Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritib, parlamentar respublikasi joriy etilishiga erishgandi. Aprel oyida Armaniston prezidentlik respublikasidan parlamentar boshqaruvga o‘tdi.
Yerevandagi namoyishlarga mamlakatning boshqa shaharlari ham qo‘shildi. Odamlar shaharlarning markaziy ko‘chalarini to‘sib qo‘ya boshlashdi, bir necha marta politsiya bilan to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Muxolifat bosh vazir lavozimini tark etishini talab qilayotgan Serj Sargsyan Armanistonni 10 yil boshqargandi, u ham hokimiyatga ommaviy namoyishlar orqali kelgandi.
Mavzuga oid

07:43 / 21.04.2025
O‘zbekiston xokkey milliy jamoasi jahon chempionati III divizioniga chiqdi

17:09 / 26.03.2025
Armaniston parlamenti YeIga qo‘shilishni boshlash to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi

08:23 / 22.03.2025
Pashinyan Armanistonning yangi konstitutsiyasi bo‘yicha referendum muddatini ma’lum qildi

20:21 / 13.03.2025