Sport | 18:30 / 23.04.2018
9455
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik yosh bokschilar xalqaro turnirda ishtirok etmoqda

22 aprel kuni Tailand mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ikkinchi kun bahslari o‘tkazildi.

O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar berishicha, Sodirbek Kamolmirzayev (49 kg) - Xitoy Taypeyi vakili Lu Chia Xaoga qarshi ringga chiqib, g‘alaba qozongan. O‘zbekistonlik yosh bokschi birinchi raundning o‘zida raqibini ikki marta nokdaunga tushirgan va muddatidan oldin g‘alabaga erishgan.

O‘zbekistonning 52 kg vazn toifasidagi vakili Samandar Xolmurodov - Xan Jin Chol (KXDR)ga qarshi ringga ko‘tarilib, yirik hisobda ustun kelgan, 56 kg vazn toifasidagi Abdumalik Xaloqov esa raqibi filippinlik Yamar Autuak ringga chiqishdan bosh tortgani tufayli jangsiz keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan.

60 kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgan Ramazon Ziyatov qirg‘izistonlik Umar Quvonchbek Uluga imkoniyatni boy berib qo‘ygan, 64 kg vazn toifasidagi Xalimbek O‘tegenov qozog‘istonlik Talgat Shaikenga yutqazgan.

Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi
Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi
Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi
Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi
Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi

Bugun bo‘lib o‘tadigan uchinchi kungi bellashuvlarda qizlar ringga ko‘tariladi.
54 kg: Maftuna Fayzullayeva - Aizada Yesliyamgali (Qozog‘iston)
75 kg: Navbahor Hamidova - Nadejda Ryabates (Qozog‘iston)
51 kg: Xursandoy Xolmatova - Kittiya Nampai (Tailand)

Mavzuga oid