Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Havo ifloslanishi tufayli har yili qancha odam vafot etayotgani aytildi
Dunyoda har yili yetti million inson havoning ifloslanishi tufayli paydo bo‘lgan kasalliklardan vafot etadi. Bunday ma'lumotlar Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan e'lon qilindi.
Unda ta'kidlanishicha, “ifloslanish darajasi dunyoning ko‘plab qismlarida juda xavfli ko‘rsatkichda turibdi”. “JSSTning yangi ma'lumotlari shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘n kishidan to‘qqiz nafari iflos moddalarga yuqori to‘yingan havodan nafas olmoqda, hamda, so‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, har yili 7 mln inson atmosfera havosi va xonalar ichidagi havo ifloslanishi tufayli vafot etmoqda”, - deya ta'kidlanadi tashkilot xabarnomasida.
Bunday o‘lim holatlarining 90 foizdan ortig‘i aholi jon boshiga past yoki o‘rtacha daromadga ega davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi, asosan Osiyo va Afrikada. JSST bosh direktori Tedros Adanom Gebreyyesus shunday dedi: “Havo ifloslanishi – barchamiz uchun tahdid, biroq eng kambag‘al aholi birinchi bo‘lib jabr ko‘radi”.
JSSTning ko‘rsatishicha, jahon bo‘ylab 40 foizdan ortiq inson yoki taxminan 3 mlrd kishi “uyda taom tayyorlashning toza texnologiyalaridan” foydalana olmaydi. Shu bilan birga, havo ifloslanishi ekspertlar tomonidan “juda jiddiy xatar omili” sifatida ko‘rilmoqda.
Mavzuga oid
22:58 / 20.05.2025
JSST kelajakdagi pandemiyalarga qarshi kurash bo‘yicha yangi global bitimni tasdiqladi
17:31 / 16.04.2025
JSST kelajakdagi pandemiyalardan himoyalanish rejasini taqdim etadi
08:49 / 03.04.2025
«Yangi pandemiya dunyoda hatto ertagayoq boshlanishi mumkin» - JSST bosh direktori
14:54 / 30.03.2025