Jahon | 10:24 / 10.05.2018
5666
2 daqiqa o‘qiladi

Ruminiya prezidenti “jinoyatchilar” so‘zi uchun jarimaga tortildi 

Foto: AFP

Ruminiya prezidenti Klaus Yoxannisga nisbatan hali jazo hukmi chiqarilmaganlarga nisbatan “jinoyatchilar” so‘zini qo‘llagani uchun 2000 lev (510 dollar) miqdorida jarima tayinlandi. Bu haqda Ruminiyaning tahqirlashlarga qarshi kurashish milliy kengashi matbuot xizmati ma'lum qildi.

“Prezident Klaus Yoxannis tomonidan hali jazo hukmi chiqarilmaganlarga nisbatan “jinoyatchilar” so‘zini qo‘llashi tahqirlash hisoblanadi va odamlarning qadr-qimmatga huquqini buzadi”, deb aytilgan xabarda. 

Prezident ma'muriyati bu qaror e'tiborsiz qoldirilmasligini ma'lum qilgan. 

“Ruminiya prezidenti bu qarorni siyosiy deb hisoblaydi va shu sababli u bo‘yicha tegishli instansiyaga arz qiladi”, deb aytilgan ma'muriyat xabarida.

Yoxannisni javobgarlikka tortish arizasi fevralda Huquqshunoslar olami tashkilotidan kelib tushgan. Ariza mualliflari prezident matbuot anjumanda “jinoyatchilar” va “ayblanuvchilar” degan so‘zlarni qo‘llaganidan norozi bo‘lishgan.

Mavzuga oid