Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Keniyada damba o‘pirilishi oqibatida 48 kishi halok bo‘ldi
Keniyada dambaning o‘pirilishi oqibatida 48 kishi halok bo‘ldi, ko‘pchilik bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanmoqda. Bu haqda Standard mahalliy nashri ma'lum qildi.
Avvalroq 38 kishi halok bo‘lgani, 39 kishi jarohat olgani ma'lum qilingan. Nashrning ta'kidlashicha, voqea sababli turar-joylar, maktablar va korxonalarga zarar yetgan.
“Biz mahalliy aholini okrug va mamlakatning boshqa hududlariga yopirilgan kuchli yomg‘irlar sababli yuzaga kelgan toshqinlardan ogoh bo‘lishga chaqiramiz”, deb aytgan mahalliy gubernator.
Subukia tumanidagi “Patel” dambasining o‘pirilishi 10 mayga o‘tar kechasi yuz bergan. Buning oqibatida bir nechta qishloqlar suv ostida qolgan. Avvalroq damba o‘pirilishi oqibatida kamida 2,5 ming kishi zarar ko‘rgani ma'lum qilingan. Mahalliy hokimiyat vakillarining aytishicha, damba hududida evakuatsiya va qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
00:31 / 24.04.2025
Keniya prezidenti rossiyalik olirgarxning pullarini yuvishda ayblanmoqda
20:00 / 16.04.2025
Keniyada 5 mingta chumolini to‘plagan belgiyalik o‘smirlar hibsga olindi
11:40 / 15.03.2025
Keniyada prezident korteji britaniyalik erkakni urib ketib, uning o‘limiga sabab bo‘ldi
17:33 / 03.01.2025