O‘zbekiston | 14:19 / 11.05.2018
5937
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Microsoft, Oracle, Cisco bilan hamkorlik olib bormoqda

Foto: REUTERS/Lucy Nicholson

Ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining eng so‘nggi yangiliklaridan boxabar bo‘lish ish jarayonini yengillatishi bilan birga kasb mahoratini oshirishda juda qo‘l keladi. Ayni jihatlar bugungi kunda ta'lim sohasiga ham jadal joriy etilmoqda, deb yozmoqda O‘zA.

Xalq ta'limi vazirligi ta'lim-tarbiya jarayonlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan unumli foydalanish hamda o‘qituvchilar va o‘quvchilarning AKT borasida savodxonligini oshirish maqsadida turli nufuzli xalqaro tashkilot, kompaniyalar bilan uzviy hamkorlik aloqalarini qaror toptirmoqda. 

Vazirlik matbuot xizmatidan ma'lum qilishlaricha, axborot texnologiyalari sohasida yetakchi hisoblangan Microsoft, Oracle, Cisco kabi kompaniyalar bilan o‘qituvchi va o‘quvchilarining AKT bo‘yicha salohiyatini yanada oshirish, yangi zamonaviy kasb sohalariga oid ko‘nikmalarni shakllantirish yuzasidan o‘quv kurslarini joriy etish, ilg‘or o‘qituvchilar qatoridan trenerlar tayyorlash va tayanch (pilot) ta'lim muassasalarini belgilash bo‘yicha hamkorlik olib borilmoqda. 

Shu yilning yanvar-may oylarida umumta'lim maktablarining informatika fani bo‘yicha bir guruh o‘qituvchilari Microsoft kompaniyasida malaka oshirib, tarmoqlar tuzilishi, Windows Server tizimini o‘rnatish, sozlash va boshqarish bo‘yicha o‘quv kurslarini bitirishdi. Ularga tegishli sertifikatlar topshirildi. 

Mavzuga oid