Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Serxio Ramosga o‘ldirish bilan tahdid qilishdi
Madridning «Real» klubi himoyachisi Serxio Ramosga noma'lum shaxslar telefon orqali qo‘ng‘iroq qilib, o‘ldirish bilan tahdid qilishgan.
COPE ma'lumotiga ko‘ra, noma'lum shaxslar bilan ispaniyalikning oila a'zolari muloqot qilgan, shundan so‘ng ular telefon raqamlarini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi.
Qo‘ng‘iroqlarga Chempionlar ligasi final o‘yinidagi hodisa sabab bo‘lgan. «Qaymoqranglilar»ning 32 yoshli sardori uchrashuv davomida «Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh bilan to‘qnashib ketdi. Natijada misrlik yelkasidan jarohat oldi va bahsni davom ettira olmadi.
«Real» finalda «qizillar» ustidan 3:1 hisobida zafar quchdi va Chempionlar ligasi kubogi sohibiga aylandi.
Mavzuga oid
17:42 / 24.05.2025
Muhammad Saloh faoliyatida ikkinchi marta APL eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
16:55 / 23.05.2025
«Real» Karlo Anchelotti ketishini e’lon qildi
19:12 / 18.05.2025
«Cho‘ksang kattaroq dengizda cho‘k». Gulerning onasi, Madriddagi sarguzashtlari va zilziladan omon qolgan muxlisi haqidagi hikoyasi
12:45 / 27.04.2025