Jamiyat | 14:21 / 05.06.2018
25870
3 daqiqa o‘qiladi

Endi metroda suratga tushish mumkin. Kamiga tekin «Wi-Fi»

1 iyun kunidan Toshkent metropolitenida suratga tushishga va videoga olishga rasman ruxsat berilgan.

Metropolitendan foydalanish qoidalarining foto- va videos'yomkalarni taqiqlovchi 5.11-bandi yopib qo‘yilgani holda «Yo‘lovchilarning huquqlari» bo‘limida 4.2-band paydo bo‘lgan: «Foto-video suratga olishga ruxsat etiladi». 

Bundan tashqari, ayrim bekatlarga tekin WI-FI xizmati ham o‘rnatilgan, bunda faqat har qanday holatda ham xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilish so‘raladi.

O‘tgan yillar mobaynida metropolitendan foydalanish qoidalari 5.11 bandiga ko‘ra metropolitenda fotoapparat, videos'yomkalar va boshqa texnikalardan foydalanish taqiqlangan edi.

Toshkent metropolitenini qurish ishlari 1972 yilda boshlangan. Hozirda jami 29ta bekat Toshkent shahri aholisiga xizmat qilmoqda. Metropolitenda poyezdlar 40-65 km/soat tezlikda harakatlanadi. Bir kunda ushbu xizmatdan 300 mingdan ortiq kishi foydalanadi. Metropolitenda eng so‘nggi o‘zgarishlardan biri «Bunyodkor» bekati nomi «Xalqlar do‘stligi»ga o‘zgartirilgani bo‘ldi.

Toshkent metropoliteni mutaxassislarning fikriga ko‘ra 9 ballik zilzilaga dosh beradi.

"Milliy bog‘" metro bekati
"Xalqlar do‘stligi" metro bekati
"Xalqlar do‘stligi" metro bekati
"Xalqlar do‘stligi" metro bekati

"Paxtakor" metro bekati
"Paxtakor" metro bekati
"Paxtakor" metro bekati
"Alisher Navoiy" metro bekati
"Alisher Navoiy" metro bekati

"Kosmonavtlar" metro bekati
"Kosmonavtlar" metro bekati
"Kosmonavtlar" metro bekati
"Alisher Navoiy" va "Paxtakor" metro bekatlar oralig‘idagi o‘tish joyi
"Alisher Navoiy" va "Paxtakor" metro bekatlar oralig‘idagi o‘tish joyi
"Amir Timur xiyoboni" metro bekati
"Oybek" va "Ming o‘rik" metro bekatlar oralig‘idagi o‘tish joyi
"Ming o‘rik" metro bekati
"Ming o‘rik" metro bekati
"Ming o‘rik" metro bekati
"Ming o‘rik" metro bekati
"Ming o‘rik" metro bekati
"Shahriston" metro bekati

"Shahriston" metro bekati

Mavzuga oid