Masjidlarda zakot va boshqa xayriya mablag‘larini o‘tkazish uchun infokioskalar o‘rnatildi
“Vaqf” xayriya jamoat fondi Toshkent shahridagi 12 ta masjidga hamda Zangiota majmuasiga tijorat banklari bilan hamkorlikda xayriya, vaqf, zakot, ushr, fitr va fidya to‘lovlarni amalga oshirish uchun infokioskalar o‘rnatdi. Bu haqda O‘MI Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Fond Kapitalbank va Ipak yo'li banki bilan hamkorlikda poytaxtning 12 ta masjidiga naqd pul yoki plastik karta orqali doimiy to‘lovlar bilan birgalikda musulmonlarga farz bo‘lgan zakot va boshqa xayriya to‘lovlarini amalga oshirish uchun infokioskalar o‘rnatdi.
Infokioskalar o‘rnatilgan masjidlar ro‘yxati:
1. Hazrati Imom masjidi
2. Minor masjidi
3. Shayx Zayniddin masjidi
4. Mirza Yusuf masjidi
5. Novza masjidi
6. Shayx Ziyoviddin masjidi
7. Bo‘rijar masjidi
8. Abdulloh ibn Mas'ud masjidi
9. Katta Qozirabot masjidi
10. Imom Buxoriy masjidi
11. Rakat masjidi
12. Xo‘ja Alambardor masjidi
Bundan tashqari, Toshkent viloyatidagi Zangiota majmuasida ham infokioska o‘rnatilgan bo‘lib, ushbu infokioskalar O‘zbekiston musulmonlariga moliyaviy ibodatlarini bajarishda va xayr-saxovat qilishda ko‘makchi bo‘ladi.
Infokioskalar orqali zakot va boshqa mablag‘larni o‘tkazish tartibi:
Kerakli tillardan birini tanlab, to‘lov xizmatlari tugmasi bosiladi. Sizga turli to‘lov xizmatlari, jumladan, “VAQF Xayriya”, “VAQF zakot, fidya, fitr, ushr” va “VAQF vaqf” xizmatlari ham taklif etiladi. Kerakli bo‘limni tanlab bank kartasi yoki naqd pul bandlaridan biri tanlanadi. Kerakli summa kiritiladi. Shu bilan to‘lov “Vaqf” xayriya jamoat fondining kerakli bo‘limiga kelib tushadi.
Mavzuga oid
16:21 / 11.11.2024
Toshkent shahri havosini eng yomon deb ko‘rsatgan stansiya buzilib qoldi
14:14 / 24.10.2024
Poytaxt drenaj tizimini yaxshilash uchun 6 mlrd so‘m ajratildi
13:30 / 20.08.2024
Toshkent propiskasi haqidagi qonun bekor qilinadi
07:29 / 08.07.2024