Jahon | 21:01 / 10.06.2018
10481
1 daqiqa o‘qiladi

Kim Chen In Singapur bosh vaziri bilan uchrashdi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Singapur bosh vaziri Li Syanlun bilan uchrashdi. Uchrashuv Facebook orqali namoyish qilingan. Ikki rahbar qo‘llarini siqib, ikki tomon delegatsiyasi vakillarini qarshilashgan.

Kim Chen In Singapur hukumatiga u va AQSh prezidenti o‘rtasida tarixiy sammitni o‘tkazishdagi samimiy jonbozligi uchun minnatdorlik bildirdi. O‘z navbatida Li Syanlun ham Shimoliy Koreya yetakchisiga tashrif va uchrashuv uchun tashakkur bildirgan.

Foto: REUTERS / Edgar Su

Avvalroq Kim Chen In Singapurdagi Changi aeroportiga yetib kelgani ma'lum qilingandi. Ayni vaqtda Kim Chen In to‘xtagan St. Regis mehmonxonasi atrofida kuchaytirilgan xavfsizlik choralari ko‘rilgan.

Foto: EPA-EFE/WALLACE WOON

12 iyunda Donald Tramp va Kim Chen In o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv mahalliy vaqt bilan soat 9da boshlanadi.

Mavzuga oid