Jahon | 15:38 / 18.06.2018
11040
3 daqiqa o‘qiladi

BMT eksperti O‘zbekistondagi diniy islohotlarga baho berdi

BMTning din va e'tiqod erkinligi bo‘yicha maxsus ma'ruzachisi Ahmad Shahid O‘zbekistonda diniy sohada olib borilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Shahid janoblari forumda ishtirok etgan KUN.UZ muxbiri savoliga javob berar ekan, 2017 yil kuzida O‘zbekistonga tashrif buyurgani va hukumat tomonidan diniy sohada rejalashtirilayotgan islohotlar “yo‘l xaritasi” bilan tanishib chiqqanini ta'kidladi. 

Germaniyaning Bonn shahrida Deutsche Welle teleradiokompaniyasi tashabbusi bilan Global Media Forum bo‘lib o‘tgani haqida xabar berilgan edi. Uning ikkinchi kunida BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining din yoki e'tiqod erkinligi masalalari bo‘yicha maxsus ma'ruzachisi Ahmad Shahid ham ishtirok etdi va anjuman qatnashchilarini qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.

Xususan, KUN.UZ muxbiri “O‘zbekistondagi diniy islohotlarni qanday baholaysiz?”, degan savol bilan murojaat qildi. BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining din yoki e'tiqod erkinligi masalalari bo‘yicha maxsus ma'ruzachisi Ahmad Shahid quyidagicha javob qaytardi:

“Men o‘tgan yili (2017 yil 2-12 oktabr kunlari – tahr.) O‘zbekistonda bo‘ldim va mamlakatingizdagi diniy erkinlik sohasidagi holat bilan tanishdim. Mamlakat hukumatining bu borada amalga oshirishi belgilangan rejalari bilan tanishdim. O‘zbekiston parlamenti shu maqsadda hukumatning “yo‘l xaritasi”ni ham qabul qildi. Menimcha, mamlakatda diniy erkinliklarni ta'minlash sohasida ham ulkan ijobiy imkoniyatlar paydo bo‘lmoqda”, - dedi Ahmad Shahid. 

BMT eksperti 2017 yil 2-12  oktabrda bo‘lgan tashrifidan so‘ng qabul qilingan “yul xaritasi” xaqida gapirib, “Yo‘l xaritasi tasdiqlanganini mamnuniyat bilan qabul qildim, chunki bu mamlakatdagi vaziyatni yaxshilashga va barcha uchun din yoki e'tiqod erkinligini ta'minlashga bo‘lgan siyosiy xohishni ifodalaydi”, -deya ta'kidladi.  

“Yo‘l xaritasi” 12ta tavsiyadan iborat. U mazkur tavsiyalarni hayotga tatbiq etish mexanizmlari, muddatlari, mas'ul idoralar hamda kutilayotgan natijalarni nazarda tutadi.

“Hukumatning bu sohadagi islohotlarni ma'lum bir vaqt ichida bajarishni o‘z zimmasiga olgani kishini ilhomlantiradi. Men hukumatni mazkur “Yo‘l xaritasi”ni amalga oshirishda inson huquqlarini ta'minlashga jiddiy yondashishga chorlayman. Bu ochiq, shaffof va tomonlarning ishtirokini ta'minlaydigan jarayonni va inson huquqlarini kafolatlaydigan e'tiborni talab qiladi”, - deb ta'kidladi Ahmad Shahid.

Mavzuga oid