Dorilar mashmashasi. Urganch tuman prokuroriga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda
2018 yil 19 iyun kuni internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarda Urganch tuman prokurori D.Madirimovning tuman tibbiyot birlashmasi rahbariyati va “Xorazm dori-darmon” MChJ raisi nomiga ayrim dori vositalarni sotuvdan olib tashlash choralarini ko‘rish to‘g‘risida yo‘llagan topshiriq xatining tasviri tarqalgandi.
Xorazm viloyat prokuraturasi Urganch tuman prokurori D.Madirimovning mazkur xatining mazmuni xato ifodalanganligi uning mazmunini turli tarzda noto‘g‘ri talqin qilinishiga sabab bo‘lganligi to‘g‘risida xabar berdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qilgan.
Qayd etilishicha, xatning mazmuni yanglish ifodalanganligi sababli, u hozirda yuridik kuchga ega emas, ushbu topshiriqqa asosan yuqorida qayd etilgan dori vositalarini sotuvdan olib tashlash bo‘yicha hech qanday chora-tadbirlar amalga oshirilmagan.
Ta'kidlanishicha, Xorazm viloyat prokuraturasi internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgan noto‘g‘ri axborot uchun fuqarolardan uzr so‘raydi. Hozirda Urganch tuman prokurori D.Madirimovga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda va natijalariga ko‘ra unga nisbatan tegishli chora ko‘rilishi aytilgan.
«Bolalar o‘limiga sabab bo‘lgan dorilar ro‘yxati». Aslida gap nimada?
Mavzuga oid
18:40 / 18.09.2024
Urganch davlat universiteti tomonidan o‘tkazilgan tenderda qonunbuzilishi aniqlandi
11:40 / 10.09.2024
Xorazmda 4 tup daraxt kesgan shaxs jarima va zarar uchun 27,8 mln so‘m to‘laydi
10:43 / 05.09.2024
Latviya Xorazmda matematika va IT yo‘nalishida maktab ochadi
18:31 / 19.08.2024