Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev «Olmazor city» loyihasini ma'qulladi
Shavkat Mirziyoyev Talabalar shaharchasidagi madaniyat saroyida Olmazor tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid loyihalar bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Olmazor tumanining yangi markazi - «Olmazor city»ni barpo etish loyihasi taqdimoti o‘tkazildi. Yangi Olmazor ko‘chasi va Kichik halqa yo‘li o‘rtasidagi 24 gektardan ziyod hududda barpo etiladigan ushbu mavzeda ma'muriy binolar, ko‘p qavatli uylar, zamonaviy biznes markaz, mehmonxona va xiyobon, ta'lim va tibbiyot muassasalari qurish rejalashtirilgan.
Davlat rahbari loyiha taklifini ma'qulladi.
Yoshlar bilan ishlash, sanoat va turizmni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Tumandagi bo‘sh turgan binolarni inventarizatsiyadan o‘tkazish, xorijiy investitsiyalar va texnologiyalar olib kelish, odamlarga ish o‘rinlari yaratish zarurligi ta'kidlandi.




Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident Olmazordagi ichki ishlar bo‘limiga borgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
21:47 / 27.05.2025
Yuk temiryo‘l stansiyalari poytaxt hududidan ko‘chirilishi mumkin
19:49 / 19.05.2025
«Talabalar festivali» o‘tkazilishi sabab Olmazor tumanidagi ko‘cha vaqtincha yopiladi
08:44 / 08.04.2025
Olmazor tumanida do‘kon yonib ketdi
15:38 / 13.02.2025