Jahon | 07:51 / 29.06.2018
8301
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘z mevasini bermoqda». Netanyahu Eronga qarshi sanksiyalar haqida gapirdi

Foto: Xinhua/JINI/Gideon Markowicz

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning ma'lum qilishicha, Tehronga qarshi joriy etilgan sanksiyalar «o‘z mevasini bermoqda». Bu haqda «Sinxua» xabar qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Eronda so‘nggi kunlarda yana avj olgan norozilik namoyishlari sanksiyalar samara berayotganini isbotlamoqda.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, mamlakat aholisi «o‘z yetakchilari siyosatining oqibatlarini» his etmoqda.

Avvalroq, OAV Netanyahu Yevropani Eron bilan yadroviy bitimni bekor qilishga ishontirmoqchi ekani haqida xabar bergandi.

Ta'kidlanishicha, Isroil Buyuk Britaniya va uning yevropalik hamkorlariga maxfiy hujjatlar topshirgan. Ularda Eron yadro qurolini yaratish niyatida ekani aytiladi. Ushbu materiallar Yevropani yadroviy bitimni bekor qilishga ishontirishi lozim bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval AQSh BMT Xavfsizlik kengashini Eronga qarshi sanksiyalar joriy etishga chaqirgandi

Mavzuga oid