Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiyada chegara nazorati qat'iylashtiriladi
Shvetsiyada muhojirlar oqimi sababli 2015 yil noyabrda kiritilgan va joriy yil noyabrigacha uzaytirilgan chegara nazorati 2 iyuldan kengaytiriladi. Unga mamlakatdagi aeroportlar va portlar ham kiritiladi.
“2 iyuldan ichki chegaralardagi chegara nazorati port va aeroportlardagi tekshiruvlargacha kengaytiriladi”, deb aytilgan xabarda.
Shvetsiyada Shengen davlatlari bilan kiritilgan chegara nazorati Daniya bilan chegarada tekshiruvlar bilan bir qatorda boshqa joylarda ham nafaqat hujjatsiz muhojirlarni, balki terrorchilikda gumonlanayotganlar va boshqa jinoyatchilarni aniqlash maqsadida amalga oshirilishi mumkin.
Xabarda ta'kidlanishicha, kengaytirilgan ko‘rinishdagi nazorat 11 noyabrgacha Shvetsiya janubi va Stokholmdagi portlar, Geteborg, Malme, Stokholm va boshqa shaharlar aeroportlarida amal qiladi. Daniya bilan chegarada esa avtobus va avtomobillar yo‘lovchilari hujjatlari tekshirilishi davom etadi.
Mavzuga oid
20:17 / 25.05.2025
Dron Rossiyaning Shvetsiyadagi elchixonasi hududiga ichida bo‘yoq bo‘lgan idishni tashladi
00:42 / 13.05.2025
Shvetsiyada tuxumni qizining peshonasiga urib chaqqan ayol jarimaga tortildi
21:20 / 10.05.2025
Shvetsiya elektromobillarni quvvatlantiradigan yo‘llarni quradi
22:46 / 03.05.2025