Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fotoreportaj: Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida “Yoshlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
O‘zbekistonning Toshkent, Markaziy, Shimoli-g‘arbiy, Sharqiy hamda Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okruglarida “Yoshlar kuni”ga bag‘ishlangan sport musobaqalari, qurol-aslaha ko‘rgazmalari, festivallar hamda bayram sayillari o‘tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Jumladan, Poytaxtimizda joylashgan Bobur nomidagi Toshkent markaziy eko bog‘ida yoshlar o‘rtasida sport o‘yinlari hamda bayram konserti uyushtirildi. Sharqiy harbiy okrugiga qarashli Qo‘qon shahridagi harbiy qismda Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda 200 yosh ishtirokida sportning 7 turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Qarshi garnizonida marafon o‘tkazildi. Unda yetti yoshdan yetmish yoshgacha bo‘lgan aholining keng qatlami ishtirok etdi.
Buxorolik yoshlar hamda minglab harbiylar esa, “Yoshlar kuni”ni Buxoro shahridagi sport majmuasida qarshi oldi. 10 ming tomoshabinni o‘z bag‘riga sig‘dirgan stadionda konsert dasturi, qo‘rgazmali chiqishlar, sportning kurash, tosh ko‘tarish, arqon tortish, shaxmat-shashka, qo‘l jangi turlari bo‘yicha chempionat, motopoyga hamda bayramona parad o‘tkazildi.
Mavzuga oid
19:54 / 23.05.2025
«Harbiylarning aloqasi yo‘q». Mudofaa vazirligi Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad bo‘yicha ma’lumot berdi
20:13 / 06.05.2025
AQSh armiyasida generallar ommaviy ravishda ishdan bo‘shatiladi
09:10 / 19.02.2025
Foto: Mudofaa vazirligining xalqaro ko‘rgazmadagi harbiy texnikalari
16:55 / 22.01.2025