Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada kuchli yomg‘irlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 126 nafargacha yetdi
Yaponiyada kuchli yomg‘irlar va ular oqibatida sodir bo‘lgan ko‘chki va toshqinlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 126 nafarga yetdi, yana 60 dan ko‘proq kishi bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanmoqda.
Kiodo axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, eng ko‘p qurbon Xirosima (47 kishi), Okayama (36 kishi) va Eximeda (26 kishi) qayd qilingan. Kioto, Yamaguti, Fukuoka, Xyogo, Kagosima, Gifu, Siga, Koti va Sagada yana 17 kishi o‘lik topilgan.
6 iyulda Yaponiyaning markaziy va janubi-g‘arbiy qismiga kuchli yomg‘irlar yopirilgan. Bir necha kun ichida Gifu prefekturasiga 1050 mmdan ko‘proq, Eximega 745 mm, Kiotoga 465 mm, Xirosimaga 442 mm, Xyogoga 430 mm, Okayamaga 310 mm yomg‘ir tushgan. Yog‘ingarchilik miqdori o‘rtacha oylik me'yordan 2-3 barobar ko‘proqni tashkil qilgan.
Yomg‘irlar oqibatlarini bartaraf etish va qidiruv-qutqaruv ishlarida politsiya, o‘t o‘chirish xizmati va mudofaa kuchlarining 74 mingga yaqin xodimi ishtirok etmoqda. Shuningdek, ushbu ishlarga 73 ta vertolyot jalb etilgan.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025