Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyadagi toshqinlar 195 kishining halok bo‘lishiga sabab bo‘ldi
Yaponiyaning markaziy va janubi-g‘arbiy tumanlarida toshqinlar sababli oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra 195 kishi halok bo‘lgan, 4 nafar kishida yurak va qon aylanishi to‘xtashi qayd qilingan. Bu haqda Yaponiya vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yosixide Suga ma'lum qildi.
Uning aytishicha, 23 kishi rasman bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda, yana 43 kishining qayerdaligi noma'lum. “Bundan tashqari, yana 52 ta shunga o‘xshash xabar bor, biroq gap qancha odam haqida ketayotgani borasida ma'lumotlar yo‘q”, deb aytgan Suga.
Suganing ta'kidlashicha, voqea joyida mudofaa, politsiya va o‘t o‘chirish xizmatining 73 ming xodimi ish olib bormoqda, qidiruv-qutqaruv ishlariga 80 ta vertolyot jalb qilingan.
NHK telekompaniyasining ma'lum qilishicha, hozirda toshqinlardan jabr ko‘rgan 16 prefekturada 5600 kishi evakuatsiya punktlarida qolmoqda. 239 ming uy xo‘jaligi suvsiz qolmoqda, ulardan 200 mingi Xirosima prefekturasida joylashgan.
O‘tgan hafta oxirida Yaponiyaning janubi-g‘arbiy va markaziy qismida boshlangan kuchli yomg‘irlar ko‘chki va toshqinlarga olib keldi. Ba'zi joylarda qirg‘oqlaridan toshgan daryolar katta hududlarni suv ostida qoldirgan.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025