O‘zbekiston | 20:44 / 14.07.2018
9988
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent aeroportida noyob to‘tiqushlarni olib o‘tishga uringan shaxs to‘xtatib qolindi

“Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 14 bosh to‘tiqushning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

“Sharja-Toshkent” reysida uchib kelgan fuqaro S.B “yashil yo‘lak” orqali noyob to‘tiqushlarni bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatmasdan yashirincha olib o‘tishga urindi. Ammo uning bu noqonuniy xatti-harakatiga bojxonachilar tomonidan chek qo‘yildi”, - deyiladi xabarda. 

Dastlabki surishtiruvlarga ko‘ra, mazkur qushlar O‘zbekistonda kam uchraydigan “Hagaroma Japanis” turiga mansub noyob to‘tiqushlar hisoblanar ekan.

 

Mavzuga oid